Fuqarolar muhofazasi va xavfsizlik bo‘yicha tushuntirish tadbiri o‘tkazildi.
Denov tuman 2-son texnikumida xavfsizlik masalalari bo‘yicha mutaxassislar ishtirokida o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, xavfsizlik qoidalariga rioya etish, turli ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish hamda ehtiyotkorlik choralariga amal qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Uchrashuvda texnikumning o‘qituvchi va o‘quvchilari faol ishtirok etdilar.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob oldilar.