5 tashabbus doirasida shaxmat musobaqasi o‘tkazildi
Bugun Denov tuman 2-son texnikumida 5 tashabbus doirasida sportning shaxmat turi bo‘yicha navbatdagi
musobaqa tashkil etildi.
Musobaqa davomida o‘quvchilar o‘zlarining mantiqiy fikrlashi, strategik yondashuvi va sabr-toqatini namoyon etdilar. Bellashuvlar qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tdi.
Yakunda g‘oliblar aniqlanib, munosib rag‘batlantirildi.
Mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida intellektual salohiyatni oshirish va shaxmat sport turiga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.